Toshkent shahrida ommaviy baholash: dastlabki natijalar

⚡️ 2025-yil 5-martdagi PF–43-son Farmoniga muvofiq, ko'chmas mulkni ommaviy baholash bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Dastlabki tajriba-sinov ishlari Toshkent shahrida amalga oshirildi.

📍 Toshkent shahridagi ommaviy baholash natijalari amaldagi kadastr qiymati bilan bozor sharoitlariga yaqinlashtirilgan qiymat o'rtasida sezilarli tafovut mavjudligini ko'rsatdi.

🔹 600 mingdan ortiq kvartira bo'yicha ommaviy baholash natijasidagi qiymat amaldagi kadastr qiymatidan o'rtacha 7,4 baravar yuqori.

🔹 215 mingta hovli-joy bo'yicha esa ushbu ko'rsatkich 15 baravarni tashkil etdi.

⚡️ Bunday tafovutning asosiy sabablaridan biri — amaldagi kadastr qiymatida obyektning joylashuvi, hudud infratuzilmasining rivojlanganlik darajasi hamda yer uchastkasining qiymati to'liq aks ettirilmagan.

⚡️ Ommaviy baholash natijasidagi qiymat mulkning majburiy sotuv narxi emas. U ko'chmas mulkning bozorga yaqin qiymatini yagona va shaffof mezonlar asosida aniqlashga xizmat qiladi.

Orqaga qaytish